Yangiliklar
«SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI: SURXONDARYO VILOYATIDA OLIB BORILAYOTGAN INVESTITSIYA LOYIHALARI HISOBOTI
  • 10.07.2020
  • 1397

  Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yuqori kuchlanishli elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan taqsimlovchi hududiy korxonalarga transportirovka qilish, elektr energiyasi umumtizimida barqarorlikni ta'minlash, shu bilan birga, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, energetika sohasida strategik ahamiyatga ega mazkur korxona yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatish, aniqrog‘i bir qator qurilish-montaj ishlari hamda investitsion loyihalarni amalga oshirish amaliyotlari bilan ham shug‘ullanadi.

 

 

    Avvalroq yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi surxondaryolik ishchi-xodimlar faoliyati bilan tanishtirib o‘tgan edik:

  http://uzbekistonmet.uz/oz/

    Shuningdek, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa natijalari elon qilingan edi:

  http://uzbekistonmet.uz/oz/

  Bundan tashqari, Surxondayo viloyatida amalga oshiriladigan yangi investitsion loyihalarning huquqiy asoslari va dastlabki loyihalash ishlari xususida ma'lumotlar taqdim etgan edik:

  http://uzbekistonmet.uz/oz/

  Bugun esa, 2020-yil iyun oyining birinchi dekadasi yakunlariga ko‘ra, «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining «O‘zbekiston MET» AJ rahbariyati tomonidan belgilab berilgan investitsiya rejasiga kiritilgan loyihalar yuzasidan olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tishni joiz bildik.

 

 

MAZKUR YO'NALISHDAGI HISOBOT QUYIDAGI KO'RSATKICHLARDA AKS ETTIRILGAN:

I. «500 kVli Surxon-Puli-Xumri (Xo‘ja-Alvon) elektr uzatish tarmog‘ini qurish» loyihasi bo‘yicha:

  500 kV kuchlanishli «Surxon-Puli-Xumri» elektr uzatish tarmog‘ini qurish bo‘yicha imzolangan shartnomaga asosan «Energotarmoqloyiha» AJ korxonasi tomonidan 45 km uzunlikdagi liniya bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan. Qurilish ishlari pudratchi «Elektrtarmoqqurilish» AJ, «O‘zqishloqelektrqurilish» AJning 6-sonli qurilish brigadasi, «Elektrqishloqqurilish» AJning 6-sonli qurilish brigadasi hamda «4-sonli montaj boshqarmasi» AJ korxonalari tomonidan bajarilmoqda.

Qurilish davomida jami 127 dona piketdan shu kungacha:

· 127 ta piketda fundamentlar o‘rnatildi;
· 127 ta piketda tayanch ustunlari o‘rnatildi.

Qurilishda:

· pudratchi «Elektrtarmoqqurilish» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand uchastkasida (A.Ergashev rahbarligida) 24 nafar xodimi hamda 6 ta maxsus avtotransport va mexanizmlar ishlamoqda;
· pudratchi «Elektrtarmoqqurilish» aksiyadorlik jamiyatining 5-sonli uchastkasi (Sh.Mahmudov yetakchiligida) 18 nafar xodim 5 ta maxsus avtotransport va mexanizmlar yordamida o‘z ishchi rejalariga muvofiq amaliyotlarni bajarishmoqda;
· pudratchi «Elektrtarmoqqurilish» aksiyadorlik jamiyatining 2-sonli uchastkasi (B.Muhammadiyev boshchiligida) 26 nafar xodim 6 ta maxsus avtotransport va mexanizmlar yordamida ishlamoqda;
· pudratchi «O‘zqishloqelektrqurilish» aksiyadorlik jamiyati 6-sonli brigadasining 30 nafar xodimlari 6 maxsus avtotransport va mexanizmlar ishtirokida qurilish-montaj ishlarini olib borishmoqda;
· pudratchi «O‘zqishloqelektrqurilish» aksiyadorlik jamiyatining 6-sonli brigadasi tomonidan PK 117 da U2k+5 ustunining 3-tayanchiga 350 dona bashmaklari o‘rnatildi;
· pudratchi «Elektrtarmoqqurilish» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand uchastkasi (A.Ergashev) tomonidan PK 104 dan PK 105 oralig‘ida sim tortish ishlari bajarildi, PK 105–117 gacha 1 fazada sim tortish ishlari bajarildi.
· pudratchi» «Elektrtarmoqqurilish» aksiyadorlik jamiyatining 5-sonli uchastkasi (Sh.Mahmudov) PK 91 dan PK 98 gacha sim va tros tortish ishlari bajarildi, izolyator va rasporka qo‘yish ishlari bajarilmoqda;
· pudratchi «Elektrtarmoqqurilish» aksiyadorlik jamiyatining 2-sonli uchastkasi (B.Muhammadiev) PK1 20 dona F5USU(250) fundamentlarini gidroizolyasiya qilinib o‘rnatildi, PK1da U2k+12M metall konstruksiyali tayanch ustunini yig‘ish ishlari bajarilmoqda.

 

 

"SURXON-500" PODSTANSIYASINI KENGAYTIRISH LOYIHASI BO'YICHA:

· pudratchi «4-sonli montaj boshqarmasi» AJ korxonasining 14 nafar ishchi-xodimlari 6 dona avtotransport va mexanizmlar (2 ta buldozer, 2 ta ekskovator, 2 ta samosval) yordamida qurilish-montaj ishlarini olib borishmoqda;
· «Surxon-500» podstansiyasi ORU-500 kengaytirish loyihasi bo‘yicha «4-sonli montaj boshqarmasi» AJ korxonasi bilan shartnoma asosida ish olib borilmoqda;
· ORU-500 da 48 dona F5-2 va 56 dona F5-4 fundamentlari olib kelinib, shundan hozirda 104 donasi o‘rnatildi, shuningdek 3 komplekt shinali portal olib kelinib, o‘rnatishga tayyorlanmoqda.

 

 

II. 220 kVli «Denov» podstansiyasini modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha:

· 220 kVli «Denov» podstansiyasini modernizatsiyasi bo‘yicha bosh loyihachi «Energotarmoqloyiha» AJ subloyihachi «Energoinjiniring» AJ bilan shartnoma tuzilib, loyiha-smeta ishlarini tayyorlash boshlandi;
· Bosh pudratchi «4-sonli montaj boshqarmasi» korxonasi bilan shartnoma tuzilib, AT-2 40,0 MVA transformatori almashtirilib, o‘rnida 63,0 MVA transformatori o‘rnatildi;
· Hozirgi kunda AT-1 20,0 MVA transformatorini almashtirish uchun 63,0 MVA transformatori barcha elementlari o‘rnatildi va o‘rnatishga tayyor holga keltirildi;
· «O‘zenorgoinjiniring» AJ korxonasidan olingan loyihasi bo‘yicha 220 kVli «Denov» podstansiyasi hududini devor bilan o‘rash ishlari boshlandi. Devor qurilishida pudrachi «4-sonli montaj boshqarmasi» korxonasining 16 nafar ishchi-xodimlari ishtirok etmoqda. Shu kungacha podstansiya atrofidagi devorning 200 metr masofada fundament quyish ishlari bajarildi, shundan 100 metr masofada 3500 dona shlakoblokdan devor terilib, shuning 60,0 kvadrat metr qismi qumsuvoq (shtukaturka) qilindi.

 III. 500 kVli «L-507 Regar-G‘uzor» elektr tarmog‘i qurilishi bo‘yicha:

· «L-507» havo liniyasini qayta tiklash uchun hozirgi kunda Surxondaryo «Giprozem» korxonasi bilan shartnoma tuzilib, yer ajratish masalasida tuman hokimliklarining Yer ajratish komissiyalari bilan birga ish olib borilmoqda;
· Hozirgi kunda tuman hokimligining Yer ajratish komissiyasi tomonidan tegishli qarorlari chiqarilib, Surxondaryo viloyati hokimining yer ajratish bo‘yicha qaror loyihasi tegishli tartibda tasdiqlash uchun kiritilgan.

  Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Surxondaryoda amalga oshirilayotgan ishlar ish jarayonida olingan suratlarda aks etgan bo‘lib, bajarilayotgan ishlarning zamirida aholi, ijtimoiy soha obyektlari, kichik va o‘rta biznes vakillari hamda yirik sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini orttirishga xizmat qilishdek maqsad mujassam.

To‘ra Namozov, «O‘zbekiston MET» AJ

«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori;

 Hakimali Hamzayev, «Surxondaryo MET» filiali

Kapital qurilish bo‘limi boshlig‘i;

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun 

t.me/uzmetaxborotxizmati

>