Loyihalar
“Sirdaryo IES”dan 220 kV li havo liniyasini va 220 kVli “Zafarobod” nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi haqida
  • 14.08.2023
  • 389

Loyiha nomi: “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi”dan 220 kV li havo liniyasini va 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi.

Loyiha quvvati: Loyiha doirasida 2x144 km uzunlikdagi 220 kVli elektr uzatish tarmog‘i hamda 500 MVA quvvatga ega 220 kVli podstansiya quriladi.

Loyihani amalga oshirishga asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-sonli qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

Loyiha joylashgan hudud: Sirdaryo viloyati (Shirin va Yangiyer shaharlari, Xovos tumani) va Jizzax viloyati (Zomin, Paxtakor, Sharof Rashidov, Zarbdor va Forish tumanlari).

Loyihaning amalga oshirish muddati: 2021–2024-yillar.

Loyiha ishga tushish vaqti: 2024-yil dekabr.

Amalga oshirilgan ishlar: Loyiha havo liniyalari qurilishi va podstansiya qismlariga ajratilgan.

220 kVli raqamli “Zafarobod” podstansiyasi qismi bo‘yicha: loyihani “tayyor holda topshirish” (“под ключ”) sharti asosida o‘tkazilgan xalqaro tender natijalariga ko‘ra 2021-yil 20-oktabrda Bosh pudratchi “Shanghai Electric Group Co.,Ltd.” (Xitoy) kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Hozirgi kunda Bosh pudratchi tomonidan uskuna va jihozlarni yetkazib berish hamda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

2x144 km uzunlikdagi 220 kVli “Sirdaryo IESdan 220 kV raqamli “Zafarobod” podstansiyasigacha havo liniyasini qurish bo‘yicha: loyihani “tayyor holda topshirish” sharti asosida o‘tkazilgan xalqaro tender natijalariga ko‘ra 2021-yil 23-noyabrda Bosh pudratchi “Sinohydro Corporation Limited” (Xitoy) kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Hozirgi kunda Bosh pudratchi tomonidan uskuna va materiallarni yetkazib berish hamda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>