Yangiliklar
«ARQONGA QIL — MADAD» YOXUD UMUMSAXOVAT YO‘LIDA JAMIYATIMIZ ISHTIROKI
  • 18.06.2020
  • 712

   Ma'lumki, joriy yil 1-may kuni «Sardoba» suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. Davlatimiz rahbari zudlik bilan hodisa yuz bergan joyga yetib borib, vaziyatni barqarorlashtirish ishlariga shaxsan bosh-qosh bo‘ldi.

   Ushbu favqulodda vaziyat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 ming 570 ta uy-joy, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan va 1 ming 781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan, 70 ta ijtimoiy obyekt, 20 ming gektarga yaqin ekin maydoni, 828 kilometr yo‘l, elektr, gaz, ichimlik suv, aloqa tarmoqlariga talafot yetgan edi.

   Bu sinov qarshisida xalqimizning birdamligi, hamjihatligi, mehr-oqibati yana bir bor yaqqol namoyon bo‘ldi. Tezkor chora-tadbirlar natijasida Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 28 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan edi. Ularga birinchi darajali zarur sharoitlar yaratilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar yetkazildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar, vazirlik, uyushma va aholi tomonidan Sirdaryoga yordam berish uchun homiylik mablag‘lari o‘tkazildi, qurilish materiallari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va ro‘zg‘or buyumlari yuborildi.

 

 

   El boshiga ish tushganda ko‘pgina korxona va tashkilotlar qatori «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati ham xayriya ishlaridan chetda turmadi. Masalan, koronavirus karantini paytida «O‘zbekiston MET» AJ xodimlari o‘z arizalariga ko‘ra ish haqlarining bir qismini ajratib, umumiy hisobda  210,5 mln so‘m mablag‘larni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazib berdi.

   Batafsil:  uzbekistonmet.uz/oz/

   Подробно: uzbekistonmet.uz/ru/

   Shuningdek, joriy yilning 7-may kuni «Sardoba» suv ombori toshqinidan zarar ko‘rgan, vaqtincha yashash joylarida istiqomat qilayotgan aholi vakillariga Jamiyat tomonidan 60,0 mln. so‘mlik kiyim-kechak, xo‘jalik va uy-ro‘zg‘or buyumlari yetkazib berilgan edi. Texnogen talafotdan zarar ko‘rgan aholi vakillari «O‘zbekiston MET» AJ jamoasiga xayriya karvoni uchun minnatdorlik bildirishgan edi.

   Batafsil: uza.uz/oz/

   Batafsil: uzbekistonmet.uz/oz/

   Batafsil: uzbekistonmet.uz/oz/

   «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Sardoba tumani hokimligi tomonidan «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki Sardoba filialida ochilgan hisob raqami — «Sardoba» suv ombori toshqinidan jabrlanganlarga ko‘mak xayriya jamg‘armasiga 96 225 041 so‘m mablag‘ni o‘tkazib berdi. Shuni alohida e'tirof etish joizki, ushbu xayriya ishlari Aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlarining o‘z ixtiyorlariga ko‘ra yozgan arizalariga asosan jarg‘arma hisobiga o‘tkazib berildi.

   Texnogen talafotdan zarar ko‘rgan sirdaryoliklarga yordam qo‘lini cho‘zgan saxovatli insonlar orasida  «O‘zbekiston MET» AJ jamoasi ham borligi bizni quvontiradi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>