Loyihalar
Qashqadaryo viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi haqida
  • 19.05.2023
  • 421

2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ–57-sonli qarorining 2- va 4-bandlari ijrosini taʼminlash bo‘yicha, yaʼni qarorning 1-sonli ilovasi 9-bandiga muvofiq Qashqadaryo viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi amalga oshiriladi.

Qashqadaryo viloyatida qiymati 400 mln AQSH dollarida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida China Gezhoba Group (Xitoy Xalq Respublikasi) kompaniyasi bilan shartnoma tuzilgan.

Fotoelektr stansiyasini qurish uchun Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida 903 gektar yer maydoni ajratilgan.

Loyiha doirasida Talimarjon issiqlik elektr stansiyasining 220 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalari hududida 3 dona 220 kVli yacheykalar o‘rnatilishi belgilangan.

Ishlab chiqarilgan elektr energiyani yagona energetika tizimiga ulash (uzatish) uchun 3 dona uzunligi 36 km bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i “O‘zbekiston MET” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan qurilishi bo‘yicha tegishli moliyalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Birinchi navbatda, yaʼni 2023-yil dekabr oyigacha loyihaning 200 MVt quvvati ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Buning natijasida tarmoqqa 42 mln. kVt•soat elektr energiya yetkazib beriladi.

Loyihaning to‘liq ishlari 2024-yil dekabr oyida tugallanishi ko‘zda tutilgan.

 

“Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>