O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 459-sonli qaroriga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsion loyihasi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
OTBning talabiga asosan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida “Dastlabki ekologik ekspertiza” hisoboti ishlab chiqilib, o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Loyiha to‘g‘risida qisqacha maʼlumot:
O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida elektr uzatish tarmoqlarini takomillashtirish loyihasini moliyalashtirish maqsadida o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolangan bo‘lib, ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining 7 ta viloyatida (Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo, Samarqand va Navoiy) umumiy uzunligi qariyb 358 km bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda 4 ta 220 kV kuchlanishli “Fayzobod”, “Zafar”, “Obi-hayot” va “Zarafshon” podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi.
✍️Azizbek Botirov, “O‘zbekiston MET” AJ Ekologiya, ijtimoiy va yer munosabatlari masalalari bo‘limi boshlig‘i
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati