“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati 2022-yil davomida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va uning tashqarisidan qisman xarid qilingan elektr energiyasini transportirovka qilish (ekspluatatsiya, qurilish-montaj, ta'mirlash-sozlash), sotish, tranzit, eksport va import operatsiyalarini amalga oshirdi. 2022-yil eng asosiy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi tahlilini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin.
mln.so‘m
T/r |
Ko‘rsatkichlar nomi |
Biznes reja bo‘yicha |
Amalda |
% |
1 |
Mahsulotlar sotishdan tushgan sof tushum |
22,737,494 |
21,442,046 |
94,3 |
2 |
Sotilgan mahsulotlar tannarxi |
25,991,943 |
25,478,796 |
98 |
3 |
Davr xarajatlari, shu jumladan: |
345,766 |
373,612 |
108 |
4 |
Sotish xarajatlari |
|
30,244 |
|
5 |
Boshqaruv xarajatlari |
|
72,371 |
|
6 |
Boshqa operatsion xarajatlar |
143,982 |
270,997 |
188,2 |
7 |
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari |
|
210,873 |
|
8 |
Moliyaviy faoliyatning daromadlari, shu jumladan: |
|
291,170 |
|
9 |
Dividendlar shaklidagi daromadlar |
|
1,952 |
|
10 |
Foizlar shaklidagi daromadlar |
|
3,583 |
|
11 |
Valyuta kursi farqidan daromadlar |
|
285,635 |
|
12 |
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar |
391,216 |
431,703 |
110,3 |
13 |
Foyda solig‘ini to‘langunga qadar foyda (zarar) |
-3,991,429 |
-4,340,023 |
108,7 |
14 |
Hisobot davrining sof foydasi (zarari) |
-3,991,429 |
-4,340,023 |
108,7 |
2022-yil moliyaviy faoliyatning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, sof tushum rejaga nisbatan 5,7 foizga kam bajarilgan, sotilgan mahsulotlar tannarxi esa rejaga nisbatan 2 foizga kam xarajat qilingan. Bundan tashqari, 2022-yil davr xarajatlari 8 foizga rejaga nisbatan ko‘proq amalga oshirilgan, asosiy faoliyatning boshqa daromadlari esa 210,873 million so‘mni tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yakuniy moliyaviy holat esa, ya'ni 2022-yil yakunlarida jamiyat rejaga nisbatan 8,7 foizga ko‘p sof zarar ko‘rgan.
Aksiyadorlik jamiyati kelgusida moliyaiviy holatini barqaror saqlab turishi uchun mahsulot tannarxini kamaytirish va, bundan tashqari, har bir sotiladigan tayyor mahsulot birligi uchun belgilangan savdo ustamalarini ko‘tarish orqali erishish mumkin.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati