Ma’lumki, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisixonasi va Malayziya oliy ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Bank-moliya akademiyasi hamda University Utara Malaysia huzuridagi Islom biznes maktabi bank-moliya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatgan.
Hamkorlik doirasida mutaxassislar Malayziyaning yirik moliya tashkilotlari, biznes markazlari, bilim dargohlarida nazariy va amaliy bilimlarini boyitib kelmoqdalar.
✔️ Jumladan, yaqinda 20 nafardan ortiq yurtimiz vakillari Malayziyada tashkil etilgan “Islomiy bank va moliya” dasturi doirasida qisqa muddatli o‘quv kursida ishtirok etib qaytdilar.
⚡️ Dastur doirasida Muvofiqlik tizimi xizmati boshlig‘i Nigora Abdullayeva ham faol ishtirok etgani e’tirofga loyiq.
Malaka oshirish kursida olingan bilim-tajriba korrupsiyaga qarshi kurash va moliya-iqtisod yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligini oshiradi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati