Xotin-qizlar
Energetika sohasida mehnat faoliyati yurituvchi xotin-qizlarga e’tibor
  • 09.12.2022
  • 309

Joriy yilning 7-8-dekabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning Iqtisodiy va ekologik faoliyat koordinatori ofisi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi ko‘magida, “Qazaq Green” – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uyushmasi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarida energetika sohasida ayollarning ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan mintaqaviy seminar tashkil etildi.

Mintaqaviy seminarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Хotin-qizlar kengashi raisi Feruza Xadjimuratova ham ishtirok etib, Aksiyadorlik jamiyatida gender tenglik siyosatini taʼminlash masalalarida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar va ularning amaliy ahamiyati yuzasidan maʼruza qildi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>