⚡️ Umumiy quvvati 2897 MVt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan 10 ta bitim imzolangan.
Loyihalarning umumiy qiymati 3 mlrd AQSh dollari bo‘lib, xorijiy kompaniyalar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi.
✔️ 2021-yilda Navoiy viloyatining Karmana tumanida 100 MVt quvvatidagi, 2022-yilda Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 100 MVt quvvatidagi quyosh elektr stansiyalari ish boshladi.
2023-2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumani, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani, Surxondaryo viloyatining Sheroobod tumanida, Navoiy viloyatining Nurota tumani, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 1197 MVt quvvatdagi 5 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari, shuningdek, 2024-2025-yillarda Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlari hamda Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 1500 MVt quvvatdagi 3 shamol elektr stansiyalari foydalanishga topshiriladi.
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati