“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2022-yil 29-iyuldagi 10-sonli bayoni bilan 2022-yil 1-avgustdan elektr energetika tarmog‘i korxonalari uchun, ya'ni “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Issiqlik elektr markazlari” AJ tashkilotlari uchun elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotish, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” AJlari uchun elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan xarid qilish, hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun elektr energiyasini transportirovka qilish (uzatish) xizmati tarifi bo‘yicha ichki tarmoq tariflari tasdiqlanganligini ma'lum qiladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ichki tarmoq tariflari elektr energetika korxonalari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun belgilangan bo‘lib, elektr energiyasining yakuniy iste'molchilariga (abonentlarga) tatbiq etilmaydi va elektr energiyasining iste'mol tarifga ta'sir ko‘rsatmaydi.
✍️ Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati