“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparatida mehnat faoliyati yuritayotgan xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, dam olish sharoitlarini yaratishda ko‘mak berish maqsadida, Aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Xotin-qizlar kengashi bilan birgalikda, dam olish kunlari ayollar hamda bolalar uchun dam olish maskanidagi sayyohat uyushtirildi.
Tabiat quchog‘idagi dam olish maskanida turli sport o‘yinlari, pazandachilik bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, energetika sohasi ayollari va ularning bolalari maroqli xordiq chiqarishdi.
Markaziy boshqaruv apparatida mehnat faoliyati yuritayotgan xotin-qizlar Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati hamda Kasaba uyushmasiga minnatdorlik bildiradi.
✍️ “O‘zbekiston MET” AJ Xotin-qizlar kengashi
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube‖
✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati