“O‘zbekiston MET” AJ xotin-qizlar kengashi raisi Feruza Xadjimuratova hamda tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar uchun 2022-yil 28-iyun kuni oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Hamda joriy yilning 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan "Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanida ko‘rib chiqilgan masalalar mohiyati yetkazildi.
«Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати