✅ «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumini kuzatib boring!
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tashabbusi bilan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bayram dasturi tayyorlanmoqda.
Bayram dasturiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, qolaversa, Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi filiallar hamda tarkibiy bo‘linmalarda mehnat faoliyati yuritayotgan xotin-qizlarning kasbiy faoliyatini yaqindan o‘rganish maqsadida Axborot xizmati tomonidan «Sohamiz ayollariga alohida ehtirom» turkumi ostida ocherk va maqolalar e'lon qilinib, turkum filmlar namoyish etiladi.
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati