MHXS
Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6247-son Farmonining tegishli bandlari ijrosi
  • 25.11.2021
  • 555

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi "Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-son Farmonining 1-sonli Ilovasi, 4-bandiga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mansabdor shaxslar (boshqaruv raisi, boshqaruv raisining o‘rinbosarlari, boshqaruv raisining o‘rinbosarlariga tenglashtirilgan maslahatchilar) tomonidan amalga oshirilgan xizmat safarlari hamda xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog‘liq xarajatlar (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma'lumotlar bundan mustasno) har chorakda Ochiq ma'lumotlar portaliga hamda Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytiga yuklanib borilmoqda.

E'tiboringizga 2021-yil hisobot ma'lumotnomasini taqdim etamiz:

1. “O‘zbekiston MET” AJning 2021-yil mobaynida xorijiy mehmonlarni kutib olish uchun qilingan xarajatlari 141 127,80 ming so‘mni tashkil etdi. Jumladan, 1-chorakda 37 230,93 ming so‘m, 2-chorakda 54 051,36 ming so‘m, 3-chorakda 26 282,31 ming so‘m va 4-chorakda 23 563,20 ming so‘mni tashkil etdi.

2. “O‘zbekiston MET” AJning 2021-yil mobaynida mansabdor shaxslar boshqaruv raisi, boshqaruv raisining o‘rinbosarlari, boshqaruv raisining o‘rinbosarlariga tenglashtirilgan maslahatchilar) tomonidan amalga oshirilgan xizmat safarlari uchun qilingan xarajatlari 180 581, 32 ming so‘mni tashkil etdi. Jumladan, 1-chorakda 17 341, 07 ming so‘m, 2-chorakda 106 754, 88 ming so‘m, 3-chorakda 13 242, 79 ming so‘m va 4- chorakda 43 242, 57 ming so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyani Respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari bilan shug‘ullanadi. O‘nlab mamlakat va xalqaro moliya tashkilotlari bilan xalqaro hamkorik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, energetika tizimi bo‘yicha faoliyat yuritadigan Milliy dispetcherlik markazi, markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, loyihalashtiruvchi, qurilish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar mavjud. Jamiyatga qarashli 84 ta podstansiya va 11 400 km dan ortiq 220-500 kVli magistral havo elektr uzatish liniyalari mavjud.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati va tarkibidagi tuzilma hamda filiallarda jami bo‘lib 5000 nafarga yaqin ziyod mutaxassis-xodimlar mehnat faoliyati olib bormoqda.


Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>