So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Mamlakatda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish choralari ko‘rilmoqda, “Korrupsiyasiz soha” loyihalarining joriy etilishi yuzasidan muhim vazifalar ijrosi ta'minlanmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining samaradorligini ta'minlash maqsadida xorij amaliyoti uyg‘unligida korrutssiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmlarni joriy etish — davr talabi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda “CERT Academy for Central Azia IRCA Lead Auditor” CERT International s.r.o.ning O‘zbekistondagi vakili Marat Xabibulin ishtirokida ISO 37001:2016 «Korrupsiyaga karshi kurashish menejment tizimi» xalqaro standart sertifikatlarini o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a'zolari hamda rahbar xodimlariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Aksiyadorlik jamiyati energotizimda birinchilardan bo‘lib ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro sertifikatini olishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Xalqaro standart talablariga ko‘ra, Jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi tizimli ish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, rahbar xodimlarga shu sohada o‘z malakalarini oshirish hamda malaka oshirishda olgan bilimlarini amalda qo‘llash, umuman, tizimli ish jarayonini joriy etish maqsadida maxsus o‘quv kursi tashkil etilgan edi.
2021-yilning 13–16-iyul kunlari ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga karshi kurashish menejment tizimi” bo‘yicha o‘quv kursida 20 nafar boshqaruv a'zolari va rahbar xodimlari qatnashib, korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Ushbu o‘quv kursida tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatni shakllantirish, korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy qilishning asosiy omillari, korrupsiyaviy tavakkallarni (riskni) baholash, manfaatlar to‘qnashuvi hamda sovg‘a olish-berish siyosatini tartibga solish, ichki audit tizimining ishini samarali tashkil etish, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ichki me'yoriy tartib-qoidalarni ishlab chiqish bo‘yicha tegishli bilimlar o‘zlashtirildi.
Sertifikat topshirish tadbirida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Isaqulov Dadajon Aynaqulovich so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashishda birinchi galdagi vazifalar ijrosini ta'minlash rahbar xodimlarga yelkasiga yuklatiladigan vazifa ekanligi, ularning malakasini muntazam oshirib borish zarurligi, ishchi jarayonlarda masalalarni to‘g‘ri va xolis baholash mezonlari yaxshi o‘zlashtirib olinishi zarurligini ta'kidladi. Jamiyat faoliyatining shaffofligi ijro intizomining qat'iy talablariga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga raqamli texnologiyalar kirib kelishi orqali inson omilining kamaytirilishiga, nazorat-taftish, hisobotlarning to‘g‘riligiga, amalga tatbiq etilayotgan ichki buyruq va topshiriqlarning huquqiy asoslari — amaldagi qonunchilikka ko‘ra ish ko‘rilishiga, qolaversa, ishchi-xodimlarning bilim-tafakkuri va tarbiyasi, ma'naviy dunyosiga bog‘liqligini sanab o‘tdi. Faoliyat qancha ochiq va shaffof bo‘lib, amaldagi qonunlarga tayangan tarzda amalga oshirilsa, korrupsiyaga shunchalik sharoit bo‘lmasligi, unga qarshi kurashish faqat to‘g‘ri va halol ishlashga, o‘z ishiga sidqidildan yondashishga ko‘p tomonlama bog‘liqligi ta'kidlandi.
Ta'kidlash joizki, ISO 37001:2016 — bu tashkilotda korrupsiyaga qarshi samarali tizimni yaratish uchun xalqaro modelni o‘z ichiga olgan dunyodagi birinchi xalqaro standart hisoblanadi. Alohida e'tirof etish joiz, ISO 37001:2016 sertifikatini olish orqali tashkilot investorlar, tadbirkorlar, davlat hokimiyati organlari va boshqa manfaatdor tomonlarga jarayonlarni shaffof, qonuniy va jahonning ilg‘or tajribalariga mos ravishda o‘tkazishni yuqori darajada namoyish etishini ta'minlaydi.
Nigora Abdullaeva, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Moliyaviy menejment, biznes etika, shaffoflik va komplaens bo‘limi boshlig‘i
uzbekistonmet.uz:
minenergy.uz:
uza.uz:
kun.uz:
Batafsil: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/6001
uzbekistonmet.uz:
minenergy.uz:
uza.uz:
kun.uz:
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati