Bunda, Adliya vazirligi tizimidagi shu jumladan, adliya boshqarmalari, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, yuridik ta'lim muassasalaridagi korrupsiya ko‘rinishi haqidagi ma'lumotlarni telegramdagi @antikorbot boti orqali yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platforma orqali yuborish mumkin.
Bunda, yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qat'iy sir saqlanishi kafolatlanadi.
Maxsus platforma havolasiga o‘tish manzili: http://www.minjust.uz/uz/anticorruption/feedback
Kanalga ulanish ⇒ https://t.me/huquqiyaxborot
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati