Yangiliklar
Bugun OʻzLiDeР binosida “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
  • 05.05.2021
  • 380

  Bugun, 2021-yil 5-may kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengash Ijroiya qo‘mitasi “OʻzLiDeР PRESS KLUBI”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. OʻzLiDeР Ijroiya qo‘mitasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-son farmoni ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbatida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati nomidan Korporativ munosabatlari bo‘limining mutaxassisi Rustam Ahmedov ham ishtirok etdi.

  Davra suhbatining mavzusi — “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish”.

 

  Davra suhbatida Oliy Majlis deputatlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Markaziy bankning bosh boshqarma boshliqlari ishtirokida Transport vazirligi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston Aeroport” AJ), Energetika vazirligi (“Hududgazta'minoti” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ), Qishloq ho‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, banklar (Asaka bank, Ipoteka bank, Xalq banki) mutassadi xodimlari tomonidan transformatsiyani amalga oshirish bo‘yicha hisobotlar tinglandi.

 

  Yig‘ilish yakunida Oliy Majlis deputatlari tomonidan Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilinishi hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish (Ommaviy savdolar orqali davlat-xususiy sherikligi asosida, shuningdek xususiy tadbirkorlikka sotish jarayonini) jadalashtirilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.       

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>