Yangiliklar
ENERGOBLOKLAR BOSQICHMA-BOSQICH ISHGA TUSHIRILIB ENERGOTIZIMGA ULANMOQDA
  • 25.04.2021
  • 451

 “ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI” AJ RASMIY BAYONOTI

 Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Taxiatosh IES” AJ da yong‘in yuz bergani va buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining aksariyat hududlarida elektr energiyasi uzilishi yuz bergani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

  “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ rasman shuni ma'lum qiladiki, “Taxiatosh IES” AJda hyech qanday yong‘in va shu kabi favqulodda holatlar yuz bermagan.

  Ushbu holatni Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham tasdiqladi.

  Bugun, 25-aprel kuni soat 20:46 da stansiyadagi ochiq taqsimlovchi qurilmada qisqa tutashuv yuz berganligi sababli 1-sonli bug‘-gaz qurilmasi va 1, 3-sonli turbogeneratorlar avtomatik himoya tizimining ishga tushushi natijasida o‘chib qolgan.

  Voqea natijasida energouskunalarga hyech qanday talofat yetkazilmagan. Soat 21:23 da stansiyada ochiq taqsimlovchi qurilmaning ish faoliyati tiklangan.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati.

https://tpp.uz/oz/

«O‘zbekiston MeT» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>