Yangiliklar
PF–6099-son Farmon ijrosi: «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filialida mini futbol bo‘yicha musobaqa g‘oliblari aniqlandi
  • 20.04.2021
  • 551

 «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6099-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq bir qator sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Xususan, 2021-yilning aprel oyida filial rahbariyati, Kasaba uyushmasi va Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari a'zolari tashabbusi bilan “Samarqand MET” filiali xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

  Filial direktori Fayzullo Qurbonov ochib bergan musobaqada 12-ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. G‘oliblari bir nechta o‘yinlar orqali aniqlangan sport musobaqasida 1-o‘rinni filial ma'muriyati jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin “Ishtixon” podstansiyasi jamoasiga nasib etdi. 3-o‘rinni filialning Havo liniya xizmati jamoasi egalladi.

  Musobaqa g‘oliblari filial rahbari va Kasaba uyushmasi raisi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

✍️ Sarbon O‘lmasov, «Samarqand MET» filiali Yoshlar Ittifoqi yetakchisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>