“Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6199-son, 06.04.2021 y.) qabul qilindi.
➡️ Farmonga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi;
➡️ Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari negizida vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tashkil etildi.
Vazirlik turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
☑️ Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimi tugatildi;
Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimi kiritildi;
Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tashkil etildi.
✅ Vazirlik huzurida Madaniy meros agentligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etildi.
♻️ Shunga ko‘ra, Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey qo‘riqxonalar va uy muzeylari, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob'ektlari va “Moziydan sado” jurnali mazkur Agentlikka o‘tkazildi.
2021-yil yakuniga qadar barcha moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob'ektlari qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob'ektlari davlat reestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastri to‘liq shakllantiriladi.
Shuningdek, transport vazirning turizm sohasida transport logistikasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
Bosh prokuratura tashkiliy-shtat tuzilmasida madaniy meros sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish bo‘yicha tegishli bo‘lim tashkil etiladi.
Manba: https://t.me/huquqiyaxborot/9477
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati