Joriy yilning 4-aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida “Surxon” va “G‘uzor” podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-508 havo elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulagan edi.
Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining maxsus brigadalari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida kecha, 7-aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari to‘liq yakunlanib, elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklandi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
https://t.me/minenergy_uz/3109
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati