Kasaba uyushmasi
BUGUN AKSIYADORLIK JAMIYATI MEHNAT JAMOASINING VIDEO-KONFERENSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
  • 05.04.2021
  • 842

  Bugun, 2021-yil 5-aprel kuni «O‘zbekiston MET» AJ mehnat jamoasi video-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Video-konferensiyada Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi a'zolari, Jamiyat tasarrufidagi 22 filial va tarkibiy bo‘linmalardan saylangan 42 nafar delegatlar, ish beruvchi vakillaridan Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Tashtanova, Yuridik boshqarmasi yetakchi yuriskonsulti S.G‘ulomov, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi O.Vohidov va O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi ijtimoiy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Mamatovlar ishtirok etishdi.

 

  Kun tartibiga 2 ta masala kiritildi.

    1.    «O‘zbekiston MET» AJning 2019–2021-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini 2020-yilda bajarilishi;.

    2.    «O‘zbekiston MET» AJning 2019–2021-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

  2019–2021-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020-yilda bajarilishi yuzasidan “O‘zbekiston MET” AJ Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i K.To‘xtayev va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Xidirovaning axboroti tinglandi. Jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya a'zosi F.Xadjimuratova Jamoa shartnomasining bajarilish dalolatnomasini o‘qib eshittirdi. Delegatlar Respublikada 2020-yildagi pandemiya sharoitiga qaramay «O‘zbekiston MET» AJ jamoa shartnomasining barcha bandlari bajarilganini e'tirof etishdi va bajarilishiga qoniqarli baho berishdi.

 

   «O‘zbekiston MET» AJning 2019–2021-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Xidirova so‘zga chiqdi. U «O‘zbekiston MET» AJ va O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida 2019–2021-yillar uchun tuzilgan tarmoq (tarif) kelishuviga 2020-yil 26-noyabrdagi 364/1-6 “C”-sonli buyruq-qarorga asosan kiritilgan o‘zgartirishlarga Jamiyat jamoa shartnomasini muvofiqlashtirish lozimligini gapirdi va kiritilayotgan o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar bilan tanishtirdi.

  Jamoa shartnomasiga kiritish uchun filiallardan va tarkibiy bo‘linmalardan olingan takliflar ham muhokama etildi. Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Tashtanova, Yuridik boshqarmasi yetakchi yuriskonsulti S.G‘ulomov, Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi O.Vohidovlar berilgan takliflarni iqtisodiy va huquqiy tarafdan o‘rganib chiqilib, jamoa shartnomasiga kiritilishi mumkinligini bildirishdi. Konferensiyada delegatlar faol ishtirok etib, kasaba uyushmasi ishini yanada jonlantirish va rivojlantirish haqida fikr mulohazalar bildirishdi.

 

   Video-konferensiya so‘nggida delegatlar bir ovozdan «O‘zbekiston MET» AJning 2019–2021-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2020-yilda bajarilishi va unga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritilishi haqidagi qaror loyihalarini tasdiqlashdi.

   «O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun   t.me/uzmetaxborotxizmati

>