Yangiliklar
Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor, Yangiobod va Sharof Rashidov tumanlarida elektr energiyasi ta'minoti yaxshilanmoqda
  • 30.03.2021
  • 832

Zarbdor tumani hududida joylashgan “DNS-2” podstansiyasini 110 kV kuchlanishdan 220 kVga o‘zgartirish orqali podstansiya quvvatini 150 MVA (Megavolt amper)ga oshirish ishlari olib borilmoqda.

 


Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor, Yangiobod, Sharof Rashidov tumanlari hamda “Jizzax EIZ” hududida yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilmoqda.

 

 


Jumladan, “Zomin sement”, “Zomin tekstil”, va “Jizzax konteks” MChJlari, “Zomin farm”, Temir-beton maxsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi, Zarbdor tumani hududida 2 ta tekstil korxonasi, issiqxonalar, yangi tashkil etilayotgan fermerlarning tik quduqlari, Yangiobod tumani hududida yangi tashkil etilayotgan fermerlarning tik quduqlari, Sharof Rashidov tumani hududida “Jizzax EIZ” filiali, kabi yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilmoqda.

 

 


 Shunga ko‘ra, mazkur hududlarda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan yangi ishlab chiqarish quvvatlari va aholi iste'molchilarining elektr ta'minotini yanada yaxilash maqsadida Zarbdor tumani hududida joylashgan 110 kVli “DNS-2” podstansiyasini 220 kV podstansiyasiga o‘zgartirish ishlari olib borilmoqda.

 

 


 Ushbu ishlarni amalga oshirish natijada qo‘shimcha ravishda 150 MVt quvvat yaratiladi. Natijada, mazkur hududlar iste'molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlashga erishiladi.

 

 


Ma'lumot uchun: Ushbu yirik loyiha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning o‘z mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

http://minenergy.uz/uz/news/view/1153

 

 

Qo`shimcha ma'lumot: https://yuz.uz/

"O‘zbekiston MET" AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>