Yangiliklar
Iste'molchilar bilan hisob-kitoblardagi noaniqliklar bartaraf etildi
  • 26.03.2021
  • 690

So'ngi vaqtlarda mamlakatimizda elektr energiyasini yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash hamda hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish bo'yicha ko'plab islohotlar amalga oshirildi. Natijada elektr energiyasini yetkazib berish va hisobga olishning maqbul tizimi yaratilib, hisob-kitoblarning haqqoniyligi, elektr energiyasi uchun mablag'larning to'liq va o'z vaqtida amalga oshirilishiga olib kelmoqda.

Biroq ayrim hollarda elektr energiyasini yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida elektr ta'minoti korxonalari hamda iste'molchilar o'rtasida o'zaro hisob-kitoblarda noaniqlik va yanglishishlar tufayli turli hil nizoli holatlar yuzaga kelmoqda. O'zaro hisob-kitoblarda yuzaga kelgan holatlar yuzasidan iste'molchilar tomonidan berilgan murojaatlar "O'zenergoinspeksiya" Farg'ona hududiy bo'limi mutaxassislari tomonidan holis o'rganib chiqilib, qonuniy hal qilinmoqda.

Xususan, Farg'ona viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi Oltiariq tuman tibbiyot birlashmasining ko'p tarmoqli Markaziy poliknikasi tinchlik qismiga 2020-yil 13-oktabr kuni 30203-0029-sonli rasmiylashtirilgan dalolatnomaga asosan 51 004 080 so'mga amalga oshirilgan qayta hisob-kitob ishlari yuzasidan "O'zenergoinspeksiya" Farg'ona hududiy bo'limi mutaxassisi tomonidan "Farg'ona HETK" AJ mutaxassislari bilan birgalikda o'rganib chiqildi. O'rganish natijasida iste'molchiga qayta hisob-kitob qilish vaqtidagi yo'l qo'yilgan kamchiliklar aniqlanib, qaytadan hisob-kitob qilinishi natijasida 5 071 248 so'mni tashkil etib, murojaatchining e'tirozlari qanoatlantirildi.

Shuningdek, Quva tumani, Qorakum MFY, Qalmoq qishlog'i 7-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Davronbek Xamralievning xonadonida foydalanilgan elektr energiyasi bo'yicha hisoblangan noreal qarzdorlik yuzasidan yuqori tashkilotlarga qilgan murojaati o'rganish natijalari bo'yicha mazkur iste'molchining shaxsiy hisob kartasida yuzaga kelgan 1938 kVt soat yoki 572 000 so'm noreal qarzdorlik bartaraf etilishi ta'minlandi.

Quvasoy shahrida joylashgan "Ferghana Ceramics Industry" MCHJ tomonidan 2021-yil 1-yanvar holatiga foydalanilgan elektr energiyasi bo'yicha "Farg'ona HETK" AJ tomonidan berilgan hisob-fakturada ko'rsatib o'tilgan qarzdorlikdan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o'rnib chiqilishi natijasida iste'molchiga ortiqcha hisoblangan 49247,6 ming so'm mablag'lar chegirilib, iste'molchining e'tirozlari qanoatlantirildi.

 

"O'zenergoinspektsiya" matbuot xizmati

http://minenergy.uz/uz/news/view/1175

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>