Yangiliklar
"Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi" AJda OAV vakillari uchun seminar-trening bo'lib o'tmoqda
  • 17.03.2021
  • 491

  "Taxiatosh IES" AJda mahalliy hamda xorijiy OAV vakillari, jurnalist va Blogerlar uchun "Elektr energetika sohasini OAVda yoritishning samarali mexanizmlari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisining matbuot kotibi ham ishtirok etmoqda.

  Treningda ""Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi"da 230-280 MVt quvvatga ega ikkita bug'-gaz qurilmalarini qurish" investitsion loyihasining amalga oshirilish bosqichlari, elektr energiya ishlab chiqarish jarayoni, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob'ektlariga sifatli hamda uzluksiz elektr va issiqlik energiyasi yetkazib berish tizimi, sohani OAVda yoritish prinsiplari yuzasidan fikr-mulohazalar almashilmoqda.

  Axborot hamkori: "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ matbuot xizmati

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>