OAV va jamoatchilik bilan ishlash
"YOSH IXTIROCHILAR" INNOVATSIYA MAKTABI A'ZOSI IS GAZINI ANIQLOVCHI MOSLAMA YARATDI
  • 06.03.2021
  • 1790

  Avval xabar berganimizdek, Energetika vazirligi tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida muqobil energiya manbalari — quyosh energiyasidan samarali foydalanish bo'yicha o'quv-seminari bo'lib o'tgan edi.

  Tadbir davomida seminar ishtirokchilari Ohangaron shahridagi "Yoshlar texnoparki"da bo'lishdi. Texnoparkda yoshlarning ilmiy salohiyati, bilim-tajribasini yuksaltirish, yoshlarga o'z intellektual imkoniyatlarini namoyon qilishlariga keng imkoniyatlar yaratish, ularni raqamli texnologiyalarni yaxshi o'zlashtirish orqali turli kashfiyot va yangiliklar yaratishiga undash kabi maqsadlar ko'zlangan.

 

  Texnoparkda "Yosh ixtirochilar" innovatsiya maktabi a'zosi, yosh ixtirochi Ixtiyorjon Rashidov is gazini aniqlovchi moslama yaratgan bo'lib, xonadonlarga o'rnatilgan moslama mobil telefon apparatiga ma'lumot uzatib turishi bilan ham ahamiyatli.

  Bu haqda batafsil "O'zbekiston–24" radiokanalining "axborot-24" dasturida

© "O'zbekiston–24" radiokanali, 2021-yil 6-mart, 17:00

"O'zbekiston met" AJ axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>