OAV va jamoatchilik bilan ishlash
"ENERGO-IT" FILIALI: ENERGETIKLAR BAHOR AYYOMINI KENG NISHONLASHMOQDA
  • 05.03.2021
  • 531

  Avval xabar berganimizdek, energetiklar, jumladan "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining barcha filiallaridagi ishchi-xodimlari ham 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramini keng nishonlashmoqda.

  Misol uchun, Jamiyat tarkibidagi "Energo-IT" filiali ishchi-xodimlari filialda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni Bahor ayyomi bilan samimiy muborakbod etishdi. Filial joylashgan bino maxsus bezatilib, muhtarama ayollarimizga bayram sovg'alari ulashildi.

  E'tirof etilganidek, mamlakatimiz xotin-qizlarining jamiyatdagi va oiladagi o'rni, ijtimoiy hayotdagi roli g'oyat muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga ularning mavqei ham har jihatdan yuqori baholanishi rost. Jahon hamjamiyati, nufuzli xalqaro tashkilotlar e'tirofiga ko'ra, O'zbekiston ayollar uchun munosib muhit yaratgan mamlakatlar qatoriga kiritilmoqda. Bir so'z bilan aytganda, yurtimizda azal-azaldan muhtarama ayollarga yuksak ehtirom ko'rsatib kelinadi.

  Shu o'rinda energetika sohasida mehnat qilayotgan ayollarning jamiyatdagi o'rnini alohida e'tirof etish zarur. To'g'ri, ularning aksariyati sohada mehnat qilayotgan ma'muriy, tibbiy, xo'jalik xodimlari, ammo soha vakillari orasida muhandis va elektr montyorlari ham anchagina.

  "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi "Energo-IT" filiali ma'muriyati, ishchi-xodimlari barcha onaxonlarni, xotin-qizlarni, soha vakilalarini 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan qutlaydi.

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>