Yangiliklar
PREZIDENT QARORIDA BELGILAB BERILGAN VAZIFALAR IJROSI «SEVIMLI» TELEKANALINING «ZAMON» INFORMATSION DASTURI NIGOHIDA
  • 08.03.2021
  • 594

  Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston–Janubiy Koreya hamkorligi doirasida Koreya energetika agentliginingbeg‘araz mablag‘lari hisobidan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “Nuri zamin” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida barpo etilgan 40 kVt quvvatli quyosh fotoelektrik stansiyasi ishga tushirilib, foydalanishga topshirilgan edi.

  Mazkur kichik quyosh stansiyasi, eng avvalo, xalqimiz orasida, iste'molchilarimiz diqqatiga muqobil energiya manbalaridan nafaqat xonadonlarda, balki kichik va o‘rta biznes ishlab chiqarish jarayonida samarali foydalanish mumkinligini targ‘ib qilish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ministansiyaning o‘rnatilish joyi tanlanganda yirik va serqatnov trassa bo‘yida ekanligiga (Toshkent–Andijon yo‘nalishida, O‘rta Saroy bekatida) e'tibor qaratildi. Yo‘lovchilar, mahalliy aholi vakillari bu stansiyaga har ko‘zi tushganda OAV sahifalaridagi lavhalar, shuningdek ijtimoiy tarmoq nashrlaridagi «yashil energiya» haqidagi axborotga yanada e'tiborliroq bo‘lishni boshlaydilar. Bu esa jamiyatimizda muqobil energiya turlaridan samarali foydalanib, mamlakatimizning tabiiy boyliklarini iqtisod qilish, shu bilan birga, egologiyaga zararni kamaytirish borasidagi tushunchalar targ‘ibotini kengaytiradi.

 

 

  Ikkinchidan, ushbu kichik quyosh stansiyasi soha mutaxassislari uchun o‘quv poligoni vazifasini o‘taydi. Yirik va bir necha gektar yer maydonini egallagan fotoelektrik stansiyalarda ishlash uchun o‘qitilib, amaliyotga yuboriladigan mutaxassislarni tayyorlashda ularning nazariy bilimlari mazkur ministansiyada sinab ko‘rish va mustahkamlash imkoniyati yaratiladi. Bu joydan energetika istisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari ham samarali foydalanishlari mumkin.

  O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining tashabbusi va tavsiyasiga ko‘ra 2020-yilda Toshkent viloyati hokimligi, xususan Ohangaron shahri hokimiyati qo‘pqavatli uylardagi kam ta'minlangan oilalarning 9 tasiga quyosh energiyasidan foydalanib suv isitish tizimiga ega moslamalarni o‘rnatib berishgan. Ayni paytda 9 ta xonadon beminnat quyosh nuridan foydalanib, elektr energiyasi va tabiiy gazni birmuncha tejashga, eng asosiysi, energoresurslardan bepul foydalanishga muvaffaq bo‘lishdi.

 

 

  Shuningdek, tashabbus Ohangaron shahar hokimiyati mutasaddilari tomonidan davom ettirilib, tajriba tariqasida Toshkent–Andijon yo‘nalishidagi yo‘l bo‘yida joylashgan yana bir ko‘pqavatli uyning bir nechta xonadonlari yangicha usulda ham isitilmoqda, ham issiq suvdan foydalanmoqda.

  Xulosa shuki, mamlakatimizda mavjud minglab ko‘pqavatli uylarda mana shunday quyosh energiyasi va tabiiy gazdan yoki quyosh energiyasi va elektr energiyasidan foydalanib, ham uyning isitish tizimi, ham issiq suv tizimida energoresurslardan samarali foydalanish mumkin.

 

© «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturi

http://uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/786

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 t.me/uzmetaxborotxizmati

>