Yangiliklar
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ AYOLLAR!
  • 05.03.2021
  • 485

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida umumiy tarzda ming nafardan ziyod xotin-qizlar faoliyat olib borishmoqda.

  Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma'naviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining ma'naviy saviyasi belgilaydi. Bugungi quvonchli ayyomda dunyoda “fidoyi” degan so‘zga eng munosib bo‘lgan Ona siymosi oldida ta'zim qilamiz.

  Hayotimiz quvonchi, xonadonlarimiz ko‘rki bo‘lmish aziz ayollarimiz sha'niga eng go‘zal tilaklarimizni izhor etamiz. Ayol siymosi Yaratganning tengsiz mo‘jizasi bo‘lib kelgan va hamisha shunday bo‘lib qoladi!

  Vatanimizning barcha ayollarini, qolaversa energetika sohasida mehnat qilayotgan barcha xotin-qizlarni kelayotgan Xalqaro bayram sanasi, bahor ayyomi bilan chin yurakdan muborakbod etaman!

Hurmat bilan,

D.A.Isaqulov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

«Ўзбекистон МЭТ» АЖ Ахборот хизмати
Каналга аъзо бўлиш учун  t.me/uzmetaxborotxizmati

>