Yangiliklar
2020-YIL SARHISOBI: «Energetika sohasida zamonaviy SCADA/EMS tizimlarini joriy etish ishlari olib borilmoqda» (№7)
  • 15.01.2021
  • 1152

  “ENERGO-IT” filiali 2020-yil davomida filial zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifa — «O‘zbekiston MET» AJ bo‘linmalari, “Energiya” koordinatsion dispetcherlik markazi va Milliy dispetcherlik xizmati uchun ma'muriy, dispetcherlik va texnologik aloqa, shuningdek teleaxborot kanallari uzluksiz ishlashini ta'minladi.

  Shuningdek, raqamli, muassasaviy, ishlab chiqarish avtomatik telefon stansiyalarini (UPATS), dispetcherlik kommutatorlarni, yuqori chastotali aloqa, telemexanika, radioaloqa, aloqa bog‘lamalari elektrta'minoti, kabelli, optik-tolali hamda radioreleli aloqa tizimlari uskunalarini ekspluatatsiya qilish, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy yordam berilgan.

  Shu o‘rinda bir jihatni alohida ta'kidlash joizki, o‘tgan 2020-yil davomida filialimiz «O‘zbekiston MET» AJ rahbariyati va bo‘linmalari o‘rtasida videokonferensiyalar sifatli o‘tishini ta'minladi. Bu orqali, ayniqsa, pandemiya karantini davrida mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari keskin tushib ketishining oldi olindi. Bundan tashqari, videokonferensiya aloqalari turdosh tashkilot — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalari bilan ham shartnoma asosida tashkil qilinib o‘tkazildi.

  Ma'lumki, energetika sohasi, xususan elektr energetika sohasidagi ishlar tezkorlikni talab etadi. Aniqrog‘i, elektr energetika tarmog‘idagi nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilib, bajarilayotgan amaliyotlar to‘g‘risida tezkor axborot almanishuvi muhim ahamiyatga ega. Bu borada telefon aloqasi, kommutatorlik punktining xizmati beqiyos. Xullas, “ENERGO-IT” filiali tomonidan «O‘zbekiston MET» AJ rahbariyati va bo‘linmalariga shaharlararo hamda xalqaro avtomatik telefon va kommutator aloqasini taqdim etish xizmati ko‘rsatiladi. E'tiborli jihati shundaki, bu xizmat tunu kun, yil davomida uzluksiz ishlaydi va ma'lum ma'noda energetika tarmog‘ining barqaror faoliyatini ta'minlashga xizmat qiladi. 

 

 

  O‘tgan yilda, yuqorida sanab o‘tilgan vazifalaridan tashqari, DTBV loyiha hujjatlari bilan bog‘liq muammolarini hal qilish va qurilayotgan obyektlarda DTBVga aloqador jihatini nazorat qilish ishlari bilan shug‘ullanildi.

  Misol uchun, 2020-yil davomida Optik-tolali va aloqa kabellar liniyalar ekspluatatsiya xizmati OT va KTIX (СЭВ и КЛС) xodimlari quyida keltirilgan energokorxonalarga borib, shikastlangan optik tolali va aloqa kabellarni ta'mirlashdi: “Sarimoy” o‘chirib-yoqish punkti, “Xorazm” podstansiyasi hamda “Taxiatosh IES” AJ, “G‘uzor” va “Surxon” podstansiyasi, “Jizzax” va “Sug‘diyona” podstansiyasi, “Qo‘yliq” podstansiyasi, “Talimarjon IES” AJ va “So‘g‘diyona” podstansiyasi oraliqlarida.

  Filial xodimlari AKTni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, axborotni to‘plash, qayta ishlash, saqlash hamda samarali foydalanish jarayonlarini me'yoriy-huquqiy, texnologik va axborot-tahliliy ta'minoti bilan shug‘ullanishdi. Internet tarmog‘ida elektr energetika tarmog‘ining veb-resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, ularning samarali ishlashi ta'minlandi.

  Avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorat tizimining operativ va o‘lchash dasturiy-apparat majmuasi (ОИК АСДУ) elektr tizimining barcha asosiy nazorat bo‘linmalariga tezkor va axborot xizmatlarini ko‘rsatildi.

  Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimlarining operativ o‘lchov kompleksini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish, o‘rniga zamonaviy SCADA/EMS tizimlarini joriy etish ishlari olib borilmoqda.

  Loyiha doirasida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslar (TIA) hamda tender hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov yakunlanib, “EDF-CIST” (Fransiya) konsalting kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi. Loyihani amalga oshirishning birinchi bosqichida konsultant tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlaridagi mavjud energoobyektlarda joylashgan telekommunikatsiya tarmoqlari, ma'lumot almashinuv vositalari, RTU va SCADA tizimi doirasida ma'lumotlar almashish xamda masofaviy boshqaruvni amalga oshirishda talab etiladigan barcha qurilmalarni o‘rganish va tahlil qilish maqsadida “Keles”, “Ozodlik” va “Yuksak” podstansiyalariga hamda “Toshkent IES” AJ obyektlarga chiqib o‘rganishlar olib borilmoqda.

  2020-yil davomida 10 ta filial xodimi tashqi kurslarida malaka oshirdilar, shuningdek oliy ta'lim muassasalari sirtqi bo‘limiga kvota bo‘yicha 3 ta filialimiz xodimlari tahsil olmoqda. Filial xizmat, sektor va bo‘limlar xodimlari uchun yil davomida o‘quv-seminarlar o‘tkazib borildi.

Z.T.Sagdiyev, «O‘zbekiston MET» AJ «ENERGO-IT» filiali direktori


"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

Kanalga a'zo bo'lish uchun t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>