Yangiliklar
O'zbekiston elektr energetika tarmog'ining ishlash tartibi to'liq tiklandi
  • 07.01.2021
  • 662

   Hozirgi vaqtda issiqlik elektr stansiyalarining barqaror ishlash rejimi to'liq tiklangan.

   Joriy yilning 5-yanvar kuni Markaziy Osiyo yagona energiya tizimining elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozliklarga sabab bo'lgan elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonini o'rganish uchun tuzilgan komissiya hodisa sababini aniqladi.

   Ma'lum bo'lishicha, Talimarjon IESdagi bug'-gaz qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlashi oqibatida nosozlik yuzaga kelgan va avariyaga qarshi avtomatika ishlab rejadan tashqari o'chirilgan. Buning natijasida Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimini (YAET) Rossiya va Qozog'istonning yagona energiya tizimi bilan bog'laydigan tranzit tarmoqlarida yuklama keskin ko'tarilgan. Bu esa energiya tizimlarining parallel ishlashi barqarorligining buzilishiga olib keldi.

   Natijada Qozog'iston Shimoliy qismining energiya tizimlari Markaziy Osiyoning YAETidan ajralib chiqdi. YAET MO chastotasi 48,15 Gts. gacha kamaydi. Shu bilan birga, bir qator iste'molchilar avtomatik ravishda tarmoqdan uzib qo'yildi, issiqlik elektr stansiyalarining (IES) energiya bloklari yuklamalari tushirildi.

   Ta'kidlash joizki, avariyaga qarshi avtomatik boshqarish tizimi energiya bloklari uchun katta miqdordagi muammolar va zararli oqibatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

   Tadbirlar tahlili asosida va shu kabi hodisalarning oldini olish maqsadida rejali choralar ishlab chiqilmoqda.

 

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://t.me/minenergy_uz

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>