Yangiliklar
220 kV kuchlanishli “O‘zgarish”, “Farg‘ona” va “Sokin” podstansiyalarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari
  • 20.12.2024
  • 22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16 sentabrdagi PQ–3284-sonli “Magistral elektr tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish” investision loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini amalga oshirish maqsadida “Farg’ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli  “O‘zgarish”, “Farg‘ona” va “Sokin” podstansiyalarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadal olib borilmoqda.

Shunga ko‘ra 220/110/10 kV kuchlanishli “Farg‘ona” podstansiyasining 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasida joylashgan 110 kV kuchlanishli L-7F-1 yacheykasidagi foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan eskirgan elektr qurilmalari yangi, zamonaviy uskunalarga almashtirilmoqda.

✍️  “Farg’ona magistral elektr tarmoqlari” filiali

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>