Yangiliklar
Ayni paytda Toshkent davlat texnika universitetida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o‘z ishini boshladi
  • 19.12.2024
  • 36

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida o‘z ishini boshlagan navbatdagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman "Energiyasamaradorlik~2024. Zamonaviy texnologiyalar — O‘zbekiston energetika sohasi rivojining asosidir" deb nomlangan.

Unda Energetika vazirining o‘rinbosari Umid Mahmudovich Madaminov hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida axborot taqdim etdi.

Shuningdek, anjumanda xalqaro ekspertlar, soha faxriylari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishmoqda.

 

 

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>