Toshkent viloyati
⚡️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Tarmoqlar xizmati mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyati hududidan o’tuvchi 500 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-524 bo’lgan elektr uzatish tarmog‘i hamda 220 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-25-О bo’lgan magistral elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida aniqlangan juz’iy kamchiliklar bartaraf etildi.
E’tiboringizga havola etilgan suratlarda tonggi soatlarda nazorat ko‘rigiga safarbar qilingan brigadaning ish jarayoni aks etgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati