❗️Oʻzbekistonda sovuq ob-havo saqlanib qolishi munosabati bilan is gazi va yongʻin xavfidan ogohlantiramiz. Ulardan oʻzingizni himoya qilish uchun quyidagilarga rioya qilishni soʻrab qolamiz:
➖ nosoz, qoʻlbola isitish moslamalaridan foydalanmang;
➖ isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini koʻzdan kechiring;
➖ gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
➖ xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;
➖ isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;
➖ gaz uskunalarini rezina shlangalar orqali ulamang;
➖ tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;
➖ isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati