Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Sariosiyo tumani, “Chosh” mahallasini 100 dona simyog‘ochlari bilan taʼminlab berishingizni iltimos va talab qilamiz!»
  • 05.12.2024
  • 28

Murojaat egasi: Ernazarov Ikromjon Sobirovich.

Elektron pochta: info@uzbekiston.met

Murojaat mazmuni: Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, olis tog‘li va chekka hudud — “Chosh” mahallasi fuqarolar nomidan murojaat qilmoqdamiz. “Chosh” MFY hududiga 1989-yilda o‘rnatilgan simyog‘ochlar eskirib, chirib ketgan. Bir oy ichida 20 marotaba uzilishlar sodir bo‘lmoqda. Biron bir mutasaddi rahbarlar inobatga ololmaydi. Viloyat elektr taʼminoti korxonasi boshlig‘i va Sariosiyo tuman elektr taʼminoti korxonasi boshlig‘i: bular qachongacha fuqarolar qonini ichib keladi? Bu “muftxo‘rlar” toki bor ekan, bizning mahallamizda fuqarolar azob chekadi. 2000 mingga yaqin fuqarolar yashab kelmoqda. “Chosh” MFY fuqarolari oyma-oy elektr taʼminoti summasini to‘lab kelmoqda. Va, holbuki, elektr energiya taʼminotidan mahrum bo‘lmoqdamiz. Hurmatli qonun egalari, Sariosiyo tumani olis tog‘li hudud. “Chosh” mahallasini 100 dona simyog‘ochlari bilan taʼminlab berishingizni iltimos va talab qilamiz. Boshqa choramiz yo‘q... Hurmatli Yurtboshimizga chiqishga majburmiz, ilojimiz yo‘q. “Chosh” MFY fuqarolari nomidan Ernazarov Ikromjon Sobirovich murojaat qilmoqda.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Ikromjon Sobirovich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, masʼul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

Maʼlumot o‘rnida: Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy электр tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Isteʼmolchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Isteʼmolchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, hurmatli fuqaro, Siz Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Tashkent sh., Istiqbol ko‘chasi, 21-uy.

Transport: 
Metro: Amir Temur bekati 
Avtobuslar: № 14, 53, 58, 78, 93, 98

Marshrutli taksilar: № 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)

Tel: (998 71) 236-3822

Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz 

Ish grafigi: 
dushanba - juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

Gaz taʼminoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ https://hududgaz.uz/ “Hududgazta‘minot” aksiyadorlik jamiyati Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks: 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>