Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi boshchiligidagi Ishchi guruh hamkorlikdagi investitsion loyihalarning ishchi tartibdagi amaliyotlarini muhokama etish uchun xorijiy hamkor delegatsiyalarini qabul qilish an’anasi yo‘lga qo‘yilgan.
Navbatdagi shunday uchrashuvlardan biri «Silk Road Energy Planning and Engineering» QK MChJ hamda Xitoyning « Electric Power Planning and Engineering Institute (EPPEI)» loyihalash instituti bilan o‘tkazildi. Ushrashuvda kompaniya vakillari o‘zlarining ish faoliyati haqida batafsil maʼlumot berib, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat samarasini muhokama etdilar.
Shu bilan birga, «O‘zbekiston MET» AJ hamda EPPEI kompaniyasi o‘rtasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq o‘zaro hamkorlik shartlari ko‘rib chiqildi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati