Foto: AP
Mamlakatda oxirgi 5 yilda shamol energetikasi obyektlari 2 barobarga ko‘paygan, lekin energotarmoqlarni qurish surʼati sezilarli darajada ortda qolmoqda. Natijada hukumat shamol elektr stansiyalarining ishlamasligi uchun operatorlarga pul to‘lashga majbur bo‘lyapti, chunki ishlab chiqariladigan energiyani isteʼmolchiga yo‘naltirish imkonsiz.
Buyuk Britaniya hukumati 2024-yil boshidan beri mamlakatdagi shamol elektr stansiyalari ishlamasligi uchun 1 milliard funt sterlingdan ortiq mablag‘ sarfladi, deb xabar beradi Bloomberg.
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada oxirgi 5 yil ichida shamol energetikasi obyektlari soni 2 barobarga oshgan va keyingi besh yilda ham xuddi shunchaga oshishi kerak edi. Shu bilan birga, shamol elektr stansiyalari uchun energotarmoqlarni qurish elektr stansiyalarni qurish surʼatlaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Natijada, Britaniya hukumati operatorlarga shamol elektr stansiyalari ishlamasligi uchun pul to‘lashga majbur bo‘lmoqda, chunki ular tomonidan ishlab chiqariladigan energiyani isteʼmolchiga yo‘naltirish imkonsiz.
Mamlakatda elektr energiyasi yetishmovchiligini qoplash maqsadida hukumat gaz elektr stansiyalariga yuklamalarni oshirishga yoki qaytadan ishga tushirishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa Britaniyani atmosferaga zararli gazlar chiqarilishini kamaytirish bo‘yicha maqsadlaridan uzoqlashtirmoqda.
«Shamol elektr stansiyalarining ishlamay turgani uchun to‘lanayotgan pullar oxir-oqibat isteʼmolchilar yelkasiga tushadi va elektr qimmatlashishda davom etadi», — deyiladi xabarda.
Manba: https://www.bloomberg.com/
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati