Qiziqarli xabarlar
Elektr energiyasi ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan noyob choklar
  • 13.11.2024
  • 32

Xitoyning Dunxua universiteti olimlari maxsus tola asosida tibbiy choklar uchun innovatsion material yaratishdi.

Bu choklar deformatsiyalanganda elektr signallari hosil bo‘ladi, ular fibroblastlar - yangi biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘lishiga va kollagen ishlab chiqarilishiga yordam beruvchi hujayralarning faoliyatini kuchaytiradi. Shu tariqa, elektr toki jarohatlarning tezroq bitishiga ko‘maklashadi.

Hujayra koloniyalari va kalamushlarda o‘tkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli yakunlandi, endi olimlar insonlar ustida klinik sinovlar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Manba: https://t.me/clearenergy/2616

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>