Toshkent viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Quruvchi sifatida Xitoyning China Datang kompaniyasi qatnashmoqda.
Buning uchun Bo‘ka tumanida 621 gektar yer maydoni ajratildi. Bo‘lajak stansiyaning loyihaviy quvvati 263 megavattni tashkil etadi. Qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi $150 mln.
Obyektni topshirishning aniq muddatlari hali belgilanmagan, yangiliklarni kutamiz!
Manba: https://t.me/clearenergy/2602
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati