⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:
▶️ Elektr energiyasini texnologik sarflarini hamda energiya oqimlarini tahlil qilish bo‘limi muhandisi lavozimiga.
❗️TALABLAR: Oliy texnik malumotli, energetika sohasida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, elektr tarmoqlari va podstansiyalari orqali oqib o‘tgan elektr energiyasining texnologik sarflari hamda podstansiyalarida o‘z ehtiyoji va ma’muriy binolarning xo‘jalik ehtiyoji uchun sarflangan elektr energiyasi tahlilini qilib borish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi, shu bilan birga, o‘lchov asboblarini ulanish sxemalarini bilishi; Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal bilishi lozim; Magistral elektr tarmoqlariga elektr energiyasining qabul qilinishi hamda uzatish bo‘yicha MET filiallari tomonidan shakllantirilgan hisobotlar to‘g‘riligini nazorat qilish tajriba-ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.
Mazkur bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilingan muhandis asosan 110–220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalari orqali qabul qilingan va uzatilgan elektr energiyasi bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilib to‘g‘ri yuritilishini taminlaydi.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida.
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: +998 71-236-66-15
kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
⏺ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati