FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan “Yangiliklar” dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov «Energetika xavfsizligi oyi» tadbirlari haqida axborot berdi.
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura, Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” qo‘shma qaror qabul qilingan edi. Ushbu qo‘shma qarorga ko‘ra joriy yil noyabr oyi «Energetika xavfsizligi oyi» etib e’lon qilingan va tarmoq hamda hududlar kesimida tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Marhamat, jonli muloqotdan yozib olingan mediamahsulot bilan tanishing!
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati