OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Aholi uchun foydalanadigan tarmoqda o‘zboshimchalik bilan gaz bosimiga ta’sir etuvchi vositalarni o‘rnatish holatlari aniqlandi
  • 19.11.2024
  • 38

#Energetika_xavfsizligi_oyi

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda energetika xavfsizligi oyligi doirasida aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida gaz bosimiga ta’sir etuvchi vositalarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari amalga oshirolmoqda.

Xususan, Yangi Namangan tumani "Ishonch" MFY Xazina-2 ko‘chasida 160 dan ziyod iste’molchini ta’minlovchi tabiiy gaz tarmog‘iga texnologik ish rejimini va gidravlikasini buzishga olib keluvchi qurilma, ya’ni o‘zboshimchalik bilan gaz so‘rg‘ich moslamasini o‘rnatish holati aniqlandi.

Bu kabi holat Namangan shahri "Dashbog‘" MFY, Amir Temur ko‘chasida 120 dan ziyod iste’molchini ta’minlovchi tabiiy gaz tarmog‘ida ham aniqlandi.

Mazkur aniqlangan holatlar bartaraf etilib, iste’molchilarga bir meyorda tabiiy gaz yetkazib berilishi ta’minlandi.

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5820

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>