OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Jizzax viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
  • 12.11.2024
  • 46

#Tezkor_tadbir

Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXX hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirda Sharof Rashidov tumanida fuqaro S.O‘. ga tegishli darvoza yasash sexida elektr qurilmalarini (quvvati 16,3 kVt) shartnomasiz, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 160 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5731

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>