OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanayotgan iste’molchilarga nisbatan qat’iy choralar ko’rish yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda
  • 08.11.2024
  • 53

#Energetika_xavfsizligi_oyi

Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “O‘zenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida Farg‘ona viloyatida yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish borasida nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda.

Xususan, joriy yilning 8-noyabr kuni viloyat shtabida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 6 ta holatda elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan tadbirkorlik subyektlari aniqlandi.

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishda Quvasoy shahrida joylashgan Farg'ona davlat universitetiga o‘rnatilgan 50 kWli quyosh foto elektr stansiyasi o‘chiq holatdaligi (muqobil energiya manbasidan foydalanilmasdan kelinayotganligi) ma‘lum bo'ldi.

Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha ma‘muriy ish rasmiylashtirilib, yirik iste’molchilarda reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarida tushintirish ishlari ham olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5702

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>