OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda
  • 04.11.2024
  • 54

#Tezkor_tadbir

“O‘zenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “O.A.” fermer xo‘jaligi rahbari O.X. “Yangi ariq” kanalidan suv olish uchun o‘rnatilgan suv nasosining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida jami 345,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.
 
Shu kabi, Navoiy viloyatida “Y.O.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida xo‘jalikka qarashli yer maydonida elektr suv nasoslarini tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 156,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
 
Andijon viloyati Baliqchi tumanida fuqaro M.A. tijorat maqsadida 2 gektar yer maydonida suv nasosini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 130 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
 
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/5652

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

 

>