Yangiliklar
Noyabr oyi: Energetika xavfsizligi oyi
  • 04.11.2024
  • 112

Bosh prokuratura, Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” qo‘shma qaror qabul qilindi.
 
Ushbu qaror bilan joriy yilning noyabr oyi “Energetika xavfsizligi oyi” deb e’lon qilindi.
 
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov, Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi rahbarligida mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda Navoiy shahridagi “Yoshlik” o‘yingohida energiya resurslarini iqtisod qilish, qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va reyd tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan amaliy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
 
Seminarda ijtimoiy soha obyektlari, mahalla raislari, boshqaruv servis kompaniyalari, yirik ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari, tadbirkorlar va 500 nafarga yaqin aholi ishtirok etdi.
 
Tadbirda energiya resurslarni iqtisod qilish bo‘yicha belgilangan rejalarning bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va aholi xonadonlariga muqobil energiya manbalari o‘rnatishning afzalliklari hamda imtiyozlari borasida Respublikaning malakali mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

#Energetika_xavfsizligi_oyi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha shtab faoliyati favqulodda ish rejimi tartibiga o‘tkazildi

Xabar berganimizdek , Bosh prokuratura, Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” qo‘shma qaror qabul qilindi.
 
Ushbu qaror bilan joriy yilning noyabr oyi “Energetika xavfsizligi oyi” deb e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

►  Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi (hududiy shtablar) faoliyati favqulodda ish rejimi tartibiga o‘tkazildi;

► Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanish hamda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan kundalik nazorat joriy etildi;

► Turar joylar va tadbirkorlik subyektlarida o‘g‘rilikni o‘z vaqtida fosh etishda jamoatchilik imkoniyatlaridan keng foydalanish amaliyoti tadbiq etiladi;

► Yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-tarojligini sodir etgan aybdorlarga nisbatan jazoni muqarrarligi ta’minlanadi.

Hurmatli Iste‘molchilar!

Unitmang, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda qatʼiy choralar koʻriladi!

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Manba: https://t.me/minenergy_uz/13456

https://t.me/minenergy_uz/13480

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>