Yangiliklar
Energetika vazirligida Xitoyning “Sinoma EC Investment” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • 31.10.2024
  • 97

30-oktabr kuni O‘zbekiston Energetika vazirligida Xitoyning “Sinoma EC Investment” kompaniyasi prezidenti Liu Sin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kompaniya tomonidan “Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi, quvvati 75 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi hamda havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning hozirgi holati hamda kelgusidagi rejalar bo‘yicha fikr almashildi.

Shu bilan birga, uchrashuv mobaynida respublika hududlarida geotermal energetika va ilg‘or texnologiyalar asosida energiya samarador qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Ma’lumot uchun: “Sinoma EC Investment” kompaniyasi 1987-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qurilish materiallari hamda qurilishda qo‘llaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri.

Kompaniya Xitoy Milliy Qurilish materiallari ishlab chiqarish yirik davlat korporatsiyasi (CNBM Group) tarkibiga kiradi. Kompaniya 13 yil davomida “Fortune 500” ro‘yxatidan o‘rin olgan.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/13392

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>