Yangiliklar
Rasmiy munosabat: O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanalida eʼlon qilingan xabarga izoh
  • 30.10.2024
  • 101

https://t.me/minstroyuz/25955

 “3x167 MVA bo‘lgan ikkita avtotransformatorni o‘rnatish orqali 500/220 kVli “Muruntov” podstansiyasini qurish”  investitsiya loyihasi yuzasidan maʼlumot.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PQ–3465-sonli qaroriga asosan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablag‘lari ishtirokida “3x167 MVA bo‘lgan ikkita avtotransformatorni o‘rnatish orqali 500/220 kV kuchlanishli “Muruntov” podstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida ishlar “tayyor holda topshirish”  (“под ключ”) sharti asosida amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra bosh pudratchi “TBEA Co., Ltd.” (Xitoy) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, loyihani joriy etishga ko‘maklashish hamda texnik nazorat ishlarini olib borish bo‘yicha xalqaro tender savdolari natijalariga ko‘ra “GOPA-International Energy Consultants GmbH” (Germaniya) konsalting kompaniyasi yo‘llangan.

Ayni vaqtda podstansiyada faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘lgan binolar qurilishi hamda birlamchi va ikkilamchi uskunalar o‘rnatilish ishlari bajarilmoqda.

Qayd etilgan temir-beton quyuv ishlaridagi hamda qurilish jarayonidagi kamchiliklar to‘liq bartaraf etilib, kelgusida barcha hujjatlar (tegishli sertifikatlar olib borilishi) hamda qurilish ishlari yuzasidan nazorat ishlari kuchaytirilib, zarur chora-tadbirlar ko‘rilib boriladi.

Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

⇔ Navoiy viloyatida sifatsiz qurilishlarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda -  https://t.me/minstroyuz/25955

⇔ Навоийда «Мурунтов» подстанциясининг сифатсиз бажарилган бетонлари буздирилди  https://t.me/nigoh_01/8299 

⇔ Navoiy viloyatida sifatsiz qurilish ishlarini oldini olish maqsadida kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda  - https://t.me/navqurilish/8964

 

>