Yangiliklar
Kam taʼminlangan oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martali kompensatsiya oladilar
  • 28.10.2024
  • 87

Isitish mavsumida (noyabr-fevral) kommunal to‘lovlarga xarajatlar ortadi. Ehtiyojmandlarga ko‘mak berish uchun, davlat yilda bir marta quyidagilar bo‘yicha yordam puli, yaʼni 270 ming so‘m to‘laydi:

✅ asosiy ro‘yxat bo‘yicha. Unga “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar kiradi (1,2 mln oila);

✅  qo‘shimcha ro‘yxat bo‘yicha. Unga boshqa ehtiyojmandlar kiradi (180 ming oila).

Pul kartaga 2024-yil 27-noyabrdan keyin o‘tkaziladi. Murojaat qilish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tezkor liniyasi ishlamoqda — 1140.

✍️ Batafsil

 

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/47514

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>